Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Ijtimoiy soha loyihalari QQS boʻyicha imtiyozga ega boʻldi

17.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.11.2023 yildagi «Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-195-son Farmon imzolandi. 

 

Hujjat bilan byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari hamda oʻz ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmani 2028 yil 1 yanvarga qadar QQSdan ozod qilish nazarda tutilmoqda. 

 

Imtiyoz ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan (bundan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar mustasno) toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tatbiq etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.