Prezidentning 30.12.2025 yildagi "Ta’lim, sogʻliqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-398-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagi asosiy maqsadlar belgilandi:
- yangi maktablar qurish, mavjud ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;
- sogʻliqni saqlash va sport muassasalarini zarur binolar, inshootlar va infratuzilma bilan ta’minlash, shuningdek, mavjud binolarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilishni jadallashtirish.
Ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va ta’mirlashni moliyalashtirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va ta’mirlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Jamgʻarmani shakllantirish manbalari:
- 2026 yil 1 yanvar holatiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari qoldigʻining 50 foizi (depozitlarga joylashtirilgan vaqtincha foydalanilmayotgan mablagʻlarning bir qismini hisobga olgan holda);
- 2025 yilda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasidan 2 trln soʻm;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova





