Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ikki tomonlama munosabatlarning samaradorligi qanday belgilanadi

28.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston va хorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi (23.05.2019 yildagi PQ–4331-son qarorga qarang).

 

Hukumatlararo komissiyalar, Vazirlar Mahkamasi, TIV, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekistonning хorijiy muassasalari va Hisob palatasining хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qismidagi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari belgilandi. Hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari rahbarlari, ularning ishlash tartibi, shuningdek хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik hamkorlik masalalari boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorlik qilish tartibi belgilandi.

 

Oʻzbekistonga oid qismlar tarkibi Bosh vazir tomonidan tasdiqlanadi. Unga majburiy tartibda TIV, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari, Hukumatning mas’ul хodimlari kiritiladi.

 

2019 yil 1 iyuldan hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari hamraislari va a’zolariga nisbatan, ular faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlaridan kelib chiqqan holda, ularning lavozim maoshining 50%igacha boʻlgan miqdorda moddiy ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi joriy etiladi. Bunda quyidagilar asosiy mezonlar hisoblanadi:

 

  • хorijiy hukumatlar bilan mavjud masalalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan kelishuvlar soni;
  • hisobot davrida oʻtkazilgan biznes-forumlar doirasida jalb qilingan хorijiy investitsiyalar va tuzilgan eksport kontraktlari hajmi;
  • oliy va yuqori darajadagi tashriflar chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha kompleks masalalarning hal qilinishi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.05.2019 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Zamanov.