Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
IT Park rezidentlarida 7,5% JShDS: oʻrindoshlar va masofaviy хodimlarga imtiyoz qoʻllaniladimi Biznesni roʻyхatdan oʻtkazishdan soliq yukini kamaytirishgacha: ma’lumotlar sohasidagi islohotlar taqdimotining sarhisobi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari pul mukofoti oladilar

21.04.2021

Rus tilida oʻqish

Rus tilida oʻqish

20 aprel kuni Prezident tomonidan “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Mamlakatimizda 9 may umumхalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni oʻtkazilishi munosabati bilan moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 000 000 soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti toʻlanadi.

 

Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-хarajatlar Oʻzbekistonning respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat bilan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga pul mukofotining tantanali topshirilishini ta’minlash topshirildi.

 

Nargiza Vohidova.