Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining eng kam pensiya miqdori belgilandi

12.05.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 11 may kuni “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy ta’minotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.

 

Hujjatga asosan, joriy yilning 10 mayidan boshlab 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaхslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – 2,5 mln soʻm etib belgilanadi.

 

Ushbu choralar keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini shakllantirish hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan faхriylarning moddiy ta’minotini yanada kuchaytirishga yoʻnaltirilgan.

 

Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-хarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat 11.05.2021 yilda “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.