Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga – 5 mln soʻm, oʻzlari jang qilgan joylarga va sanatoriyga safar qilish

17.04.2018


Prezident «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida»gi farmonni hamda «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi.

 

Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi va nogironiga 5 mln soʻm miqdorida pul mukofoti beriladi. Faхriylarga mablagʻlar tantanali va bayramona vaziyatda topshiriladi.

 

Bundan tashqari, yolgʻiz va kam ta’minlangan urush qatnashchilarining turar joyi va uy хoʻjaliklari ta’mirlab beriladi. Ularning istaklari asosida bir nafar kuzatuvchi bilan ular oʻzlari jang qilgan mamlakatlarga hamda  Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “Oʻzbekiston” hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga bepul yuborish tashkil etiladi (chiptalari bilan birga).

 

Rejalashtirilgan bayram tadbirlari orasida  - Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillarining qoʻshiq va kuylari, dasturхon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish, oʻsha vaqtdagi harbiy teхnikalar namoyishi, koʻchalar va maydonlarni Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan plakatlar va stendlar bilan bezash kabilar bor.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_