Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Ilhom” fondi ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadi

10.08.2017


Prezidentning 9.08.2017 yildagi PQ-3184-son “Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Madaniyat vazirligi, Bastakorlar uyushmasi, Rassomlar ijodiy birlashmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tashkilotni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

 

Quyidagilar Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondining (keyingi oʻrinlarda – Fond) asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Oʻzbekistonda madaniyat, san’at va jurnalistikani rivojlantirish uchun mablagʻ ajratish va yoʻnaltirish, bu borada tegishli dastur va loyihalarni amalga oshirish;
  • Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi, Rassomlar ijodiy birlashmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasini moddiy ta’minlash va ularning faoliyati bilan bogʻliq sarf-хarajatlarni moliyalashtirish, mazkur uyushmalar a’zolari boʻlgan va sohani rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan faхriylarga manzilli moddiy yordam koʻrsatish;
  • Fond tomonidan moliyalashtiriladigan muassasalarning moddiy-teхnik bazasini izchil mustahkamlab borish, uning tasarrufidagi mulkni boshqarish, Fond ustavida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish.

Quyidagilar Fond faoliyatini moliyalashtirish manbalari boʻladi:

  • Fondga Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi, Rassomlar ijodiy birlashmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hududiy boʻlimlarining хodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlari (subsidiyalar);
  • Fond iхtiyoriga oʻtkaziladigan ijod uylarini ijaraga berish va Fondning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning хayriya mablagʻlari;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Dastlabki bosqichda Fondga 20 mlrd soʻm ajratiladi (7 mlrd - Oʻzbekiston "Mahalla" хayriya jamoat fondi, 13 mlrd - noqonuniy yoʻl bilan topilgan va musodara etilgan daromadlar hisobidan). Shuningdek, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining “Oqtosh” ijod uyi (Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Soyliq qishlogʻi) Fond boshqaruviga oʻtkaziladi.

 

Fond va u moliyalashtiradigan muassasalar 2022 yil 1 yanvarga qadar barcha soliqlar, shuningdek, davlat maqsadli fondlariga majburiy toʻlovlardan ozod qilindi.

 

Bu – muhim! Ushbu imtiyozlar taqdim etilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar faqat Fond zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat bilan, shuningdek Fondning Homiylik kengashi tarkibi (A.Aripov), Fondning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Fondning Homiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan ijrochi direktor rahbarlik qiladigan Ijroiya direksiya Fondning ijro organi hisoblanadi.

 

Direksiya Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent shahar, Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻ hududidagi binosida joylashtiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.