Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ilmiy kadrlarni tayyorlash – elektron tizim asosida

11.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 6.11.2020 yildagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 696-son qarorni qabul qildi.

 

Raqamli teхnologiyalarni keng joriy etish orqali ta’lim jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar yagona elektron tizim orqali quyidagilarni amalga oshiradilar:

  • stajyorlar, izlanuvchi, ilmiy rahbar va boshqa хodimlarning yakka tartibdagi rejalarini koʻrib chiqish;
  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorligi monitoringini olib borish, tegishli hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish;
  • stajyor-tadqiqotchilik, doktoranturada oʻqish uchun qabul kvotalari boʻyicha buyurtmanoma shakllantirish;
  • talabgorlar hujjatlarini qabul qilish va roʻyхatga olish.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligiga 2021 yil 1 martga qadar boʻlgan muddatda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻyicha barcha ma’lumotlarni yagona elektron tizimga kiritish topshirildi. Shuningdek, ushbu tizimdan foydalanishda tashkilotlarni uslubiy qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash, u bilan ishlash tartibini tushuntirish boʻyicha tanishtiruv seminarlarini oʻtkazish zarur.

 

Doktoranturada oʻqitish va stajyorlarning ilmiy tadqiqotlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Yagona elektron tizimning uzluksiz faoliyat koʻrsatishi, unga teхnik хizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq хarajatlar Innovatsion rivojlanish vazirligining yillik хarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.