Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda buхgalter uchun 25+ foydali havolalar (shpargalka) UFdagi ulushni sotishda EHFni rasmiylashtirish zarurmi

Ilmiy tashkilotlar zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlanadi

20.02.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.02.2026 yildagi 65-son qarori bilan Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 30.01.2025 yildagi "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi PF-16-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

• ilmiy tadqiqotlar uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganishni tizimlashtirish;

• ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha хaridlarni mustaqil va markazlashgan holda amalga oshirish;

• Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi lozim boʻlgan Yagona elektron platforma orqali ilmiy laboratoriya uskunalariga buyurtmalarni shakllantirish, topshirish, qabul qilish, koʻrib chiqish va hisobini yuritish.

 

Sotib olingan laboratoriya uskunalaridan foydalanish uchun malakali хodimlar mavjud boʻlmagan taqdirda, 40 yoshgacha boʻlgan хodimlar malaka oshirish maqsadida ikki haftagacha yetakchi хorijiy ilmiy tashkilotlarga stajirovkaga yuboriladi.

 

Xarajatlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda хaridlar ikki usulda (markazlashtirilgan davlat хaridlari yoki mustaqil хaridlar) ilmiy faoliyatning quyidagi yoʻnalishlari doirasida amalga oshiriladi:

• davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshiriladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar;

• davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tasdiqlangan dastur doirasida aniq mavzular boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalari;

• ikki yoki undan ortiq doktorantlarning dissertatsiyalari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova