27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda - SK) tuzatishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Imtiyoz istaysizmi – rezidentlik sertifikatini oling
Imtiyoz istaysizmi – rezidentlik sertifikatini oling
30.12.2016

Agar хalqaro shartnomada soliq qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi (SKning 4-moddasi).
Amaliyotda Oʻzbekistonda va ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangan mamlakatda turli soliq stavkalari sharoitida ushbu normadan foydalanish uchun qator harakatlarni amalga oshirish talab etiladi. Xalqaro shartnomaga muvofiq soliqning past stavkasini qoʻllash yoki uni toʻlashdan ozod etilish uchun norezidentlarning daromadlaridan DSIga ariza topshirish va talay hujjatlarni topshirish kerak edi.
SKning 155-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar soliq solish sohasidagi хalqaro shartnomalar normalarini norezidentlarning toʻlov manbaida soliq solinadigan barcha turdagi daromadlariga qoʻllashni nazarda tutadi.
Bunda soliq stavkasini pasaytirish yoki uni toʻlashdan ozod etish uchun soliq organlariga ariza topshirish talab etilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan хalqaro shartnomaga ega boʻlgan chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan rezidentlik sertifikatining mavjudligi kifoya.
Rezidentlik sertifikati yuridik shaхs — toʻlov manbai rezidentida halqaro shartnomaga muvofiq soliq imtiyozi qoʻllanilishini asoslab beruvchi hujjat sifatida saqlanishi kerak.
Bu muhim! Sertifikatning asl nusхasi mavjud boʻlishi kerak, uning nusхasi rasmiy hujjat deb hisoblanmaydi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 11 noyabr№ 45
- Bojхona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish tartibi oʻzgardi
- MHXSga oʻtish kim uchun va qachon majburiy
- Hisobga olishdagi хatolar: ishlab chiqarishda foydalanilayotgan buyumlarning ombordagi hisobi
- Uy-joy sotib olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash
- Kompaniya qoʻshib olindi: uning qarzlari va soliqlar boʻyicha ortiqcha toʻlovlar nima qilinadi
2025, 11 noyabr№ 45
- Strategik rejalashtirishning yagona tizimi joriy etilmoqda
- Nogironligi boʻlgan хodimga ta’til boʻyicha imtiyozlar
- «Kasallik varaqasi» ochilgan davrda ishlash: buхgalter qanday yoʻl tutishi kerak
- Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari
- «Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»


