Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Imtiyozlar – faqat Uyushma a’zolariga

19.02.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2019 yildagi «Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 138-son qarori qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Hukumat qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etuvchi, shuningdek qizilmiya ildizini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot chiqaruvchi tashkilotlarga imtiyozlar bergan edi (VMning 27.01.2018 yildagi 63-son qarori 14-bandi va sharhga qarang).

 

Endi ushbu imtiyozlar faqat Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi (bundan keyin – Uyushma) a’zolariga nisbatan qoʻllaniladi. Imtiyozlarning amal qilish muddati oʻzgarmagan – 2024 yil 1 yanvargacha. Biroq joriy yilning 1 mayidan boshlab Uyushma a’zolari – qizilmiya ekstrakti ishlab chiqaruvchilari 2024 yil 1 yanvargacha har yili 100 gektardan kam boʻlmagan maydonda qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etishlari shart.  

 

Uyushma a’zolari yuqorida koʻrsatilganlardan tashqari qoʻshimcha preferensiyalar oldilar:

 

birinchidan, ularga 2024 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar yetishtirish, plantatsiyalarni nazorat qilish va monitoringini olib borish jarayonini samarali boshqarish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirishga ruхsat berildi. Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun muddatda dronlardan foydalanishga ruхsat etish toʻgʻrisida хulosa beradi;

 

ikkinchidan, 2019 yil 1 maydan oʻzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari, plantatsiyalar tashkil etish hamda qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklardan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan tovarlarni sertifikatlash talab etilmaydi. Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumining (IAF) toʻlaqonli a’zolari hisoblangan mamlakatlarning sertifikatlash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinovlar protokollari taqdim etilganda imtiyoz amal qiladi.     

 

Eslatib oʻtamiz, davlat ulushi 50%dan ortiq boʻlmagan sub’yektlar (EIZ ishtirokchilaridan tashqari) yil boshidan bunday huquqdan foydalanmoqdalar.

 

! Xom ashyo koʻrinishidagi qizilmiyani Oʻzbekistondan tashqariga yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish maqsadida olib chiqish uchun toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish amaliyoti bekor qilindi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.