Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ASL BELGISI. BUSINESS mobil ilovasi yordamida markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashni qanday soddalashtirish mumkinYagona QR-kod boʻyicha toʻlovlarni fiskallashtirishni kim ta’minlashi kerakNazorat uchun roʻyхat: chorakni хatosiz qanday yakunlash mumkin

Imtiyozli mablagʻlardan oʻz muddatida foydalanmadingizmi – qaytaring

25.10.2016

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida soliq imtiyozlari hisobiga boʻshagan, foydalanilmagan mablagʻlarni byudjetga qaytarish tartibiga tuzatish kiritishni taklif qiladigan qonun loyihasi joylashtirildi.

Bugungi kunda soliq imtiyozlari qoʻllanganda boʻshagan, maqsadli foydalanish sharti bilan taqdim qilingan mablagʻlar faqat qonunchilik bilan belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi mumkin. Bunday mablagʻlardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan taqdirda, ular penya hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi (SKning 30-moddasi 4-qismi).

 

Amaliyotda imtiyozli soliq toʻlovchilarda imtiyoz berilgan davrda toʻliq hajmda belgilangan maqsadda foydalanilmagan mablagʻlar qoldiqlarini nima qilish kerak, degan savol tugʻiladi.

 

SKning 30-moddasiga kiritilishi taklif etilayotgan qoʻshimchalar imtiyoz muddati tugaganidan soʻng ulardan foydalanish tartibi va muddatlariga aniqlik kiritadi. Agar mazkur qoʻshimchalar qabul qilinadigan boʻlsa, soliq toʻlovchilar qoldiqlardan bir yil davomida belgilangan maqsadlarda foydalanishlari mumkin boʻladi. Agar bu muddat tugagandan keyin ham ulardan toʻliq foydalanilmasa, qolgan mablagʻlar byudjetga undirib olinadi.

 

Loyiha muhokama jarayonida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Muzaffar MIRZAANIYeV, 
ekspertimiz