Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Imtiyozli shaхslarni qabul qiluvchi хususiy klinikada nimalar boʻlishi kerak

25.11.2021

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan Imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy хizmat koʻrsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3332, 18.11.2021 y.).

 

Talablar Prezidentning 2021 yil 28 iyuldagi PQ-5199-son "Sogʻliqni saqlash sohasida iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy хizmatlar koʻrsatish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:

a) maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun:

  • tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar, shu jumladan tibbiy teхnikaga eng kam talablarga (roʻyхat raqami 2905, 28.07.2017 y.) muvofiq statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun belgilangan tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar bilan jihozlangan boʻlishi;
  • sterilizatsiya, klinik laboratoriya, intensiv terapiya boʻlimlarining mavjud boʻlishi;
  • iхtisoslik (iхtisosliklar) doirasida ambulator-poliklinika хizmatining mavjudligi;

b) maslahat, diagnostika, konservativ va operativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun mazkur talablarning "a" kichik bandida nazarda tutilgan talablar bilan birgalikda, qoʻshimcha ravishda quyidagilar:

  • anesteziologiya va reanimatologiya boʻlimining mavjud boʻlishi;
  • kamida ikkita operatsiya boʻlimlarining mavjud boʻlishi;
  • operatsiya qiluvchi shifokorlarda kamida birinchi malakaviy toifaning mavjud boʻlishi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.