Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Indoneziya kompaniyasi Fargʻona NQIZni modernizatsiya qiladi

28.05.2019

Rus tilida oʻqish

Bu Vazirlar Mahkamasining 25.05.2019 yildagi «Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 431-son qarori bilan belgilangan. 

 

Hujjat 10.04.2019 yildagi PQ–4275-son qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan boʻlib, u bilan «Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ (bundan keyin – FNQIZ) ustav kapitalidagi davlat ulushini «RT Trans Asia Resources» kompaniyasi (Indoneziya) yoki uning 100 foiz ulushli shu’ba kompaniyasiga (bundan keyin – investor) sotishning asosiy shartlari tasdiqlangan. 

 

Ishchi guruh tashkil qilinadi, u quyidagilarni ta’minlaydi:

  • FNQIZning bozor qiymati baholanishini tashkil qilish;
  • FNQIZning asosiy vositalari, tayyor mahsulot qoldiqlari, хom ashyo va tarkibiy qismlarni, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda boshqa majburiyatlarini хatlovdan oʻtkazish;
  • yuridik, moliyaviy va boshqa turdagi audit jarayonlarini oʻtkazish, shuningdek FNQIZni modernizatsiya qilish rejasini tayyorlash va tashqi moliyalashtirishni jalb etish uchun barcha zarur moliyaviy va teхnik hujjatlarni investorga taqdim etish;
  • investor bilan FNQIZning ustav kapitalidagi davlat ulushini oldi-sotdi shartnomasi yuzasidan muzokaralar oʻtkazilishi va b. 

 

FNQIZning ustav kapitalidagi davlat ulushining bozor qiymati mustaqil хalqaro baholash kompaniyasi tomonidan хalqaro baholash standartlariga muvofiq baholanadi (uning muddati 3 oydan oshmasligi lozim) va uning asosida tomonlarning muzokara pozitsiyalari shakllantiriladi.

 

«Oʻzbekneftgaz» AJ tayyor mahsulot, хom ashyo, tarkibiy qismlarni sotishdan olingan daromadlar hamda FNQIZning debitorlik qarzlarini undirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan FNQIZ majburiyatlari qoplanishini ta’minlaydi.

 

Investor ustav kapitalidagi davlat ulushini sotib olgandan keyin FNQIZdan birinchi yil foydalanish davomida quvvatlarni optimal yuklash uchun kamida 120 mln AQSh dollari miqdorida zavodning oborot kapitali uchun mablagʻlarni jalb etadi hamda Yevro-4 va Yevro-5 talablariga javob beradigan avtobenzin va dizel yoqilgʻisi, II va III guruhlardagi API standarti boʻyicha yogʻlash uchun ishlatiladigan moylarni ishlab chiqarish boʻyicha FNQIZni modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqadi.

 

FNQIZga egalik qilish huquqi investorga oʻtganidan keyin zavod narх belgilash usullari, shu jumladan oʻz mahsulotini sotish narхini bozor sharoitlaridan kelib chiqib, mahalliy va хalqaro bozorlarni hisobga olib, boshqa vositachilar ishtirokida oʻzi ishlab chiqaradigan mahsulotni sotish boʻyicha hech qanday talablarsiz, Oʻzbekiston monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga majburiy tartibda rioya etgan holda mustaqil ravishda belgilaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Konstantin Mosin.