Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Inson a’zolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirdi

12.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 11.05.2022 yildagi «Inson a’zolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-768-son Qonun imzolandi.

 

Hujjatda transplantatsiya oʻtkazishning maqsad va shartlari, uning ob’yektlari, donorlar doirasi (tirik va oʻlik), donor va retsipiyentning huquqlari, a’zolar va toʻqimalarni olish shartlari belgilangan.

 

Qonunning amal qilishi insonning koʻpayishiga taalluqli boʻlgan a’zolar va toʻqimalarning (tuхum hujayrasi, sperma, tuхumdonlar, moyaklarning yoki embrionlarning) transplantatsiyasiga, a’zolar va toʻqimalarning autogen (bir shaхsning oʻzi tirik donor va retsipiyent boʻladi) transplantatsiyasiga, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Tirik donordan yoki inson murdasidan olingan inson a’zolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiya ob’yektlari boʻlishi mumkin, ularning roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Qonunda Vazirlar Mahkamasining hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining inson a’zolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi sohasidagi vakolatlari belgilangan.

 

Inson a’zolari va toʻqimalarini olish va ularning transplantatsiyasi davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, ushbu muassasalarning roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Inson a’zolari va toʻqimalarini uning murdasidan olishga uning tiriklik chogʻidagi notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

 

Qonunda tirik donor va retsipiyentning huquq va majburiyatlari belgilangan.

 

Inson a’zolari va toʻqimalaridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek transplantatsiyaga muhtoj boʻlgan shaхslarga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Donorlarning, retsipiyentlarning, shuningdek inson a’zolarining va (yoki) toʻqimalarining yagona davlat reyestri tashkil etiladi.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Lola Abduazimova.