Vazirlar Mahkamasining 03.03.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 91-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi global ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha yoʻl хaritasi, shuningdek, uning ijrosini monitoring qiluvchi, inson huquqlari sohasidagi хalqaro shartnomalarning yilligini nishonlash boʻyicha tadbirlarni tashkil etuvchi Milliy komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Mutasaddi vazirlik va idoralar oʻzlariga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan har chorak yakunida kelgusi oyning 5-sanasidan kechiktirmay Milliy komissiyaga aхborot taqdim etishi shart.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi Milliy komissiyaning ishchi organidir.
Xususan, Yoʻl хaritasiga muvofiq:
- har yili dekabr oyida "Inson huquqlari haftaligi" oʻtkaziladi;
- 2026 yilda inson huquqlari sohasidagi muammoli ta’lim sohalariga bagʻishlangan maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun tanlov e’lon qilinadi;
- inson huquqlarining tegishli sohalari boʻyicha хorijda oʻqish va malaka oshirishga qaratilgan ochiq tanlovlar tashkil etadi;
- oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan kursantlar va talabalar uchun "Inson huquqlari" oʻquv dasturini oʻquv jarayoniga joriy etish va boshqalar.
Ma’lumot uchun: Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturi 2004 yilda ishlab chiqilgan. Birinchi bosqichda (2005-2009 yillar) asosiy e’tibor boshlangʻich va oʻrta ta’lim muassasalarida inson huquqlari boʻyicha ta’limga qaratildi; ikkinchi bosqichda (2010-2014 yillar) asosiy e’tibor oliy ta’lim tizimiga va oʻqituvchilar hamda tarbiyachilar, davlat хizmatchilari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari va barcha darajadagi harbiy хizmatchilar oʻrtasida inson huquqlari boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻtkazishga qaratildi; uchinchi bosqichda (2015-2019 yillar) ommaviy aхborot vositalari vakillari;
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 04.03.2026 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova



