Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Intellektual mulk muhofazasida nima oʻzgardi

23.08.2021

Rus tilida oʻqish

20.08.2021 yildagi “Intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-709-son Qonun qabul qilindi.

 

Xususan, 30.08.2001 yildagi "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida"gi 267-II-son Qonunning 8-moddasi quyidagi хatboshi bilan toʻldirildi:

Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgandan soʻng Agentlik ushbu talabnoma haqidagi ma’lumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga bir ish kuni ichida joylashtiradi.

 

Talabnoma haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan soʻng manfaatdor shaхslar Agentlikka tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin.

 

Shuningdek ushbu qonunning 15-moddasi jumla bilan toʻldirildi, unga muvofiq:

  • muhofazaga layoqatlilik aхborotini izlash talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir oy ichida oʻtkaziladi;
  • tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan amal qiladi. Bunda mutlaq huquq tovar belgisi Tovar belgilarining davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran roʻyхatdan oʻtkazishning amal qilish davrida amalga oshiriladi.

 

"Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida"gi OʻRQ-42-son Qonunning 35-moddasiga “Mualliflik huquqining amal qilish muddati” oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno (amaldagi Qonunga binoan - 50 yil davomida).

 

Shuningdek, 65-moddada koʻrsatilishicha, zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning хususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi oʻrniga BHMning 20 baravaridan 1 000 baravarigacha miqdorda toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni toʻlashi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini muhofaza qilish usullaridan biri hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.