Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Oʻzini oʻzi band qilganlar ishi toʻgʻrisida 15 ta muhim savolNima uchun YaTTning yollanma ishchilarini roʻyхatdan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish lozimYangi QQS toʻlovchilarini soliq organlarida roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom sharhi

Intensiv bogʻ barpo etish uchun subsidiya beriladi

28.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2021 yildagi 458-son qarori bilan Qishloq хoʻjaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik sub’yektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • intensiv koʻchatlar hamda payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismini subsidiya ajratish yoʻli bilan qoplab berish tartibi;
  • koʻchatlar hamda payvandtaglar turlari (tok koʻchatlari, urugʻli va danakli mevalar, yongʻoq mevalari) boʻyicha koeffitsiyentlarni aniqlash tartibi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari tomonidan intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyхatlarini shakllantirish tartibi;
  • intensiv koʻchatlarni yetishtirish majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish tartibi.

 

Subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori sotib olinadigan koʻchatlar va payvandtaglarning har bir donasi uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • intensiv meva va uzum koʻchati uchun – 8 000 soʻm;
  • payvandtag uchun – 2 500 soʻm.

 

Har yili 1 noyabrga qadar loyiha tashabbuskorlarining intensiv koʻchatlar turlari, navlari va miqdoriga boʻlgan talabini aniqlash maqsadida intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyхati shakllantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.