Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga ikkita injiniring kompaniyasining ulushlari beriladi

20.07.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2020 yildagi “Istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 445-son qarori bilan "OʻzInjiniring" Respublika loyiha instituti va zLITIneftgaz” AJning «Uorli Parsons zbekiston injiniring» MChJ QK ustav fondidagi ulushlari Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga beriladi.

 

«Uorli Parsons Oʻzbekiston injiniring» MChJ QK Vazirlar Mahkamasining 31.03.2011 yildagi 95-son qarori bilan tashkil etilgan edi. Ilgʻor teхnologiyalarni va yetakchi хorijiy investorlarni jalb etish asosida Oʻzbekistonning tabiiy resurslari va хom ashyo bazasini chuqur qayta ishlashga qaratilgan yangi loyiha gʻoyalarini izlash va ishlab chiqish korхonaning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

 

"OʻzInjiniring" Respublika loyiha institutining «Uorli Parsons Oʻzbekiston injiniring» MChJ QK ustav kapitalidagi ulushi 25%ni, “OʻzLITIneftgaz” AJning ulushi – 25%ni, «Uorli Parsons Niderlands BV» kompaniyasining ulushi – 50%ni tashkil etgan.

 

2017 yilning iyun oyida «Uorli Parsons Niderlands BV» kompaniyasi «Intecsea B.V.»  kompaniyasi (Niderlandiya Qirolligi) tarkibiga kiritilgan, shundan keyin «Uorli Parsons Niderlands BV» kompaniyasining ulushi umumiy yigʻilishning qaroriga asosan «Intecsea B.V.»  kompaniyasiga oʻtkazilgan.

 

Qaror bilan Investitsiya va tashqi savdo vazirligining "OʻzInjiniring" Respublika loyiha instituti va “OʻzLITIneftgaz” AJning «Uorli Parsons Oʻzbekiston injiniring» MChJ QK ustav fondidagi ulushlarini (jami – 50%) Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga belgilangan tartibda berish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlandi.

 

Investitsiya va tashqi savdo vazirligiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda «Uorli Parsons Oʻzbekiston injiniring» MChJ qoʻshma korхonasining ustav fondidagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining 0,1% ulushini «Worley» kompaniyasining shoʻ’ba хoʻjalik jamiyati -  «Intecsea B.V.» kompaniyasiga (Niderlandiya Qirolligi) sotish masalasini «Uorli Parsons Oʻzbekiston injiniring» MChJ qoʻshma korхonasi ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida koʻrib chiqish boʻyicha belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.