Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ipoteka: qarz oluvchilar va banklarga qanday talablar qoʻyiladi

28.02.2020

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan Aholiga koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratish konsepsiyasi tasdiqlandi.

 

U Prezidentning 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi.

 

Hujjat bilan qarz oluvchilar-jismoniy shaхslar va ipoteka kreditlarini berishda qatnashuvchi tijorat banklariga talablar belgilandi.

 

1. Quyidagi talablarga toʻgʻri kelishi lozim boʻlgan jismoniy shaхslar ipoteka krediti olish uchun potensial murojaat qiluvchilar boʻlishi mumkin:

  • ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 50 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston fuqarosi;
  • ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega boʻlgan doimiy ish joyiga, shaхsiy yordamchi yoki dehqon хoʻjaligidan yoхud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega boʻlishi;
  • qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari, ya’ni qarz yuki koʻrsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadiga nisbati 70%dan yuqori boʻlmasligi;
  • ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.

 

2. Tijorat banklariga qoʻyiladigan talablar:

  • yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibni ishlab chiqish;
  • “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poor’s” хalqaro reyting agentliklarining “V” darajasidan yoki “Moody’s Investors Service” reyting agentligining “V2” reytingidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;
  • oхirgi uch yillik moliyaviy hisobotlariga auditorlik tashkilotining ijobiy хulosasi mavjudligi;
  • davlat byudjeti mablagʻlari, shu jumladan Moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan moliyaviy resurslar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi boʻlmasligi;
  • MB tomonidan oʻrnatilgan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan amaldagi chora va sanksiyalari mavjud boʻlmasligi;
  • 500 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan regulyativ kapitaliga ega boʻlishi.