Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ipoteka va ta’lim kreditlari boʻyicha foiz stavkalari saqlanib qoldi

13.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 08.04.2022 yildagi «Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va ta’lim kreditlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha foiz stavkalarini belgilash toʻgʻrisida»gi PQ-199-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarning oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida qabul qilindi.

 

2022 yil yakuniga qadar, istisno tariqasida, ipoteka va ta’lim kreditlari boʻyicha foiz stavkalari amaldagi foiz stavkalarida, ya’ni ipoteka krediti boʻyicha 13 foiz, ta’lim krediti boʻyicha 10 foiz miqdorida saqlab qolinadi. Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan resurs mablagʻlari hamda tijorat banklarining ipoteka va ta’lim kreditlari boʻyicha foiz stavkalarini mutanosib ravishda kamaytirish meхanizmi Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foizdan pasayganda qoʻllaniladi.

 

Moliya vazirligiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar ipoteka va ta’lim kreditlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha 2023 yil uchun foiz stavkalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.