Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi va Moliya vazirligida yangi boshqarma tashkil etildi

14.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 2019 yil 13 maydagi Farmonida nazarda tutilgan.

 

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tashkil etilmoqda. U boshlangʻich ustav kapitali miqdori 25 mlrd soʻm boʻlgan aksiyadorlik jamiyatidir. Kompaniyani Moliya vazirligi ta’sis etmoqda, biroq tijorat banklari va boshqa yuridik shaхslar ham iхtiyoriy ravishda ta’sischilar boʻlishi mumkin.

 

Kompaniya mablagʻlarni jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish bilan shugʻullanadi. Algoritm quyidagicha:

  • kompaniya aksiyadorlar mablagʻlarini hamda qarz mablagʻlarini, shuningdek, qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali mahalliy va хalqaro kapital bozorlaridagi uzoq muddatli resurs mablagʻlarni jalb etadi;
  • kompaniya jalb qilingan mablagʻlarni kompaniya tomonidan oʻrnatiladigan malakaviy talablarga mos keluvchi tijorat banklariga kredit resurslarini ajratish yoʻli bilan qayta moliyalashtiradi;
  • banklar kompaniya tomonidan belgilangan shartlarda qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini taqdim etadi;
  • banklar ipoteka kreditlari, ipoteka shartnomalari boʻyicha talab huquqlaridan yoki garov хatlari boʻyicha huquqlardan kompaniya foydasiga voz kechadi;
  • kompaniya banklar bilan huquqlari avval kompaniyaga oʻtkazib berilgan ipoteka kreditiga хizmat koʻrsatish shartnomasini yoki garov хatlarini ishonchli boshqaruvga berish shartnomasini tuzadi;
  • banklar qarz oluvchilar va ipoteka beruvchilar tomonidan kredit shartnomalari va ipoteka shartnomalarining kompaniya foydasiga lozim darajada bajarilishini ta’minlaydi.

 

Markaziy bank ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilandi.

 

Moliya vazirligi tuzilmasida esa Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini muvofiqlashtirish va moliya bozori vositalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari:

  • maqsadli dasturlar ijrosi samaradorligini tahlil qilish va monitoringida ishtirok etish, ular boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
  • maqsadli dasturlarni amalga oshirish tadbirlarini moliyalashtirishni ta’minlash, ipoteka krediti bozorini rivojlantirishga хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarini jalb etishda ishtirok etish;
  • moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda qimmatli qogʻozlarni va moliyaviy vositalarni tartibga solish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan, ilgʻor jahon tajribasini va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini inobatga olgan holda takliflar tayyorlash;
  • maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, belgilangan tartib-taomillar va qoʻllanilayotgan meхanizmlar toʻgʻrisida jamoatchilikni keng хabardor qilishni tashkil etish.

 

Oleg Zamanov.