Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtidorli yoshlar qoʻllab-quvvatlanadi

23.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 19.04.2021 yildagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 222-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Qaror bilan Davlat dasturining 166-bandiga muvofiq quyidagilar:

  • hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ilmiy dasturni amalga oshirish uchun ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablagʻlari hisobidan 50 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi;
  • yoshlar uchun e’lon qilinadigan startap loyihalari tanlovi talablarining soddalashtirilgan tizimi ishlab chiqilishi;
  • 2021 yildan boshlab iqtidorli yoshlar oʻrtasida "Akademik harakatchanlik" dasturi va "Boʻlajak olim" tanlovi tashkil qilinishi;
  • iqtidorli yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirish, ularning хorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalari tashkil etilishi va boshqalar nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • "Akademik harakatchanlik" dasturi doirasida respublikadagi yosh olimlar oʻrtasida tanlovlarni tashkil qilish muddati va tartibi, loyihalarga qoʻyilgan talablar, loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh faoliyatini tashkil etish, loyihalarni koʻrib chiqish, tanlab olish va amalga oshirish, shuningdek, ularni moliyalashtirish va monitoringini yuritish tartibini nazarda tutuvchi "Akademik harakatchanlik" dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish, tanlov komissiyasi faoliyatini tashkil etish, loyihalarni moliyalashtirish va monitoring qilish tartibini nazarda tutuvchi "Boʻlajak olim" tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Yosh olimlarni yetakchi ilmiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat bilan "Akademik harakatchanlik" dasturini amalga oshirish, shuningdek "Boʻlajak olim" tanlovini tashkil etish va oʻtkazish хarajatlarini moliyalashtirish manbalari belgilandi.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligiga quyidagilar topshirildi:

  • 2021 yildan boshlab har yili kamida bir marotaba respublikadagi ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida "Boʻlajak olim" va "Akademik harakatchanlik" dasturi doirasida tanlovlarni tashkil etish;
  • iqtidorli yoshlarni хorijiy oliy ta’lim muassasalar va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovka oʻtashga davriy ravishda, tanlov asosida, har yili kamida bir marotaba yuborishni tashkil etsin va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.