Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtisodiyot boʻyicha doktor ilmiy darajasini kim beradi

26.06.2019

Rus tilida oʻqish

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti huzurida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash va Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar jurnali tahririyati tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 24.06.2019 yildagi 521-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatadi.

 

Tashkil etiladigan kengash “Makroiqtisodiyot”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” va “Sanoat iqtisodiyoti” iхtisosliklari boʻyicha fan doktori (Doctor of science) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bilan shugʻullanadi.

 

“Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyхatiga kiritiladi.

 

Jurnalda Institut tomonidan maqsadli grantlar doirasida amalga oshiriladigan tadqiqotlar (Institut faoliyatining har bir yoʻnalishi boʻyicha) natijalari oʻz aksini topadi. Ular Iqtisodiyot va sanoat vazirligining buyurtmasi asosida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratilishi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.