Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkil etildi

14.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi. Bu Prezidentning 11.01.2019 yildagi PF-5621-son Farmonida nazarda tutilgan.

 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek, investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilandi. 

 

Shu bilan birga quyidagi tartib oʻrnatildi:

  • barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shu jumladan, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini yakuniy bosqichda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishish Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritishdan oldin amalga oshiriladi;
  • Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi, kichik sanoat zonalari direksiyalari Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning, shuningdek, kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan har chorakda ma’lumot taqdim etib boradilar;
  • investitsiya siyosati strategiyasi ijrosi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini tayyorlash va ijrosini ta’minlash orqali amalga oshiriladi;
  • Iqtisodiyot va sanoat vazirligi oʻz vakolati doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki qayta koʻrib chiqish boʻyicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega;
  • kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7 mln AQSh dollari ekvivalenti hisobidan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ma’muriy kengashlar qarorlari Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilishi lozim.

 

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida Xodimlarning malakasini oshirish oʻquv markazi tashkil etiladi.

 

2019 yil 1 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyaning yakuniy varianti ishlab chiqiladi. Unda hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari hamda ekspertlar jamoatchiligi orasidagi muhokamalarning natijalari va investitsiya siyosati strategiyasi hisobga olinadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2019 yildan kuchga kirdi.  

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_