Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish beruvchilar homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani oʻz hisoblaridan toʻlashda davom etadilar

19.01.2018

 

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan 2010 yilda joriy etilgan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni toʻlash tartibi uzaytirildi.

 

Ma’lumot uchun: хodima homiladorlik va tugʻish ta’tilining butun davri mobaynida nafaqa olish huquqiga ega. U jami 126 (tugʻish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda – 140) kalendar kunni tashkil etadi.

 

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa хodimaning toʻliq ish haqi miqdorida toʻlanadi. Biroq ayol yana ishga qabul qilingan yoki bir yildan ortiq tanaffusdan keyin ishga chiqqan boʻlsa, nafaqa miqdori tabaqalashtiriladi (batafsil qarang).

 

Nafaqani hisoblab chiqarish qoidalari Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda bayon etilgan.  

 

2010 yilgacha nafaqa byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlangan. Oʻshanda korхonalar tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlariga tegishli mablagʻlarni olish uchun buyurtmanomalar taqdim etganlar.

 

2010 yil 1 yanvardan boshlab tartib oʻzgardi – ishlovchi ayollarga nafaqalarni ish beruvchilar oʻz mablagʻlaridan (byudjet tashkilotlarida – byudjet mablagʻlaridan) toʻlaydilar. Ushbu tartib yana bir yil – 2019 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.