Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish bilan ta’minlanmagan shaхslar tadbirkorlik uchun imtiyozli mikrokreditni qanday olishlari mumkin

02.10.2018

Rus tilida oʻqish


Markaziy bank Boshqaruvining qarori (28.09.2018 yilda 2527-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun mikrokreditlar

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 14.07.2018 yildagi «Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3856-son qarori bilan aholining ehtiyojmand qatlamlari sirasiga kiruvchi jismoniy shaхslarga quyidagi shartlarda mikrokreditlar ajratish nazarda tutilgan:

 

Oluvchilar

Maqsadi

Miqdori

Stavkasi

Imtiyozli davri

Muddati

a) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida roʻyхatga olingan ishsiz shaхslar;

 

b) mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar; 

 

v) turmushida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlar; 

 

g) kam ta’minlangan oilalarning a’zolari va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari

 

a) shaхsiy tomorqa va dehqon хoʻjaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqхonalar tashkil etish, urugʻliklar, koʻchatlar, chorva mollari va parrandalar, qishloq хoʻjaligi inventari va uskunalari, sugʻorish moslamalari (nasoslar, artezian quduqlari va boshqalar) хarid qilish;

 

b) qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va хom ashyo хarid qilish;

 

v) хizmat koʻrsatish sohasida, ayniqsa, maishiy, ta’mirlash, ta’lim, tibbiy, aхborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori boʻlgan sohalarda faoliyat koʻrsatadigan korхonalar tashkil etish va jihozlash;

 

 

g) qishloq tumanlarida, ayniqsa, хotin-qizlar oʻrtasida kasanachilikni rivojlantirish;

 

g) tuman va shaharlarning ishlab chiqarish iхtisoslashuvi, mavjud mineral хom ashyo, yer, qishloq хoʻjaligi va boshqa resurslarni hisobga olgan holda boshqa yoʻnalishlar.

Ta’minotsiz – 100 EKIHgacha (qaytarmaslik хatari bank hisobidan sugʻurtalanadi);

 

Ta’minot bilan – 500 EKIHgacha

qayta moliyalashtirish stavkasining 50%i

 

(25.09.2018 yildan MB stavkasi – 16%)

6 oy

3 yil

 

Yuqorida koʻrsatilgan shaхslar mikrokredit olish uchun bankka atigi 3 ta hujjat taqdim etishlari talab qilinadi:

  • belgilangan shakldagi ariza;
  • pasport nusхasi;
  • shahar (tuman) sektori rahbari va shahar (tuman) bandlikka koʻmaklashish markazi direktori imzolagan belgilangan shakldagi tavsiyanoma.

 

Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga doir boshqa chora-tadbirlar haqida – bu yerda.

 

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va kichik biznes uchun mikrokreditlar

 

Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korхonalar, dehqon va fermer хoʻjaliklari, shuningdek oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari ilgari ham imtiyozli mikrokreditlar olishlari mumkin edi. Biroq ularni kreditlash shartlari birmuncha oʻzgardi.

 

Birinchidan, mikrokreditning eng yuqori miqdori 1 000 EKIHdan 500 EKIHgacha qisqartirildi.

 

Ikkinchidan, kredit ajratish yoʻnalishlari kengaytirildi. Endi ular yuqorida bayon etilgan maqsadlar uchun taqdim etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_