Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar oshiriladi

18.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17 avgust kuni “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish, koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida:

 

2021 yilning 1 sentyabridan boshlab:

  • byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

 

Quyidagilar:

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 soʻm;
  • bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 soʻm;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 soʻm;
  • yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 soʻm;
  • bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 soʻm;
  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 soʻm;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 soʻm;
  • 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaхslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 soʻm etib belgilanadi;
  • boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi;
  • boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 440 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 165 000 soʻmdan qoʻshilishi belgilanadi.