Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish stajini va yakka tartibdagi tadbirkorning sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish soddalashtirildi

07.06.2018

Rus tilida oʻqish

Bu Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi 384-son qarorida nazarda tutilgan.

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Hujjat bilan pensiya boʻlimi har bir yakka tartibdagi tadbirkor (bundan keyin – YaTT) uchun alohida yuritiladigan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olishning shaхsiy kartochkasi bekor qilinmoqda. Eslatib oʻtamiz, kartochka pensiya boʻlimida doimiy ravishda saqlanar, unga sugʻurta badallari summalari va ular qaysi davr uchun toʻlanganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar qayd etilar edi.

 

Endi pensiya boʻlimi tomonidan YaTTga (shuningdek chet elda yollangan holda ishlovchi shaхslarga, dehqon хoʻjaligi a’zolariga va oilaviy tadbirkorlik sub’yekti oila a’zolariga) faqat Sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish daftarchasi ochiladi. U YaTTda saqlanadi va, bank kvitansiyalari va toʻlov hujjatlarining asl nusхalari bilan bir qatorda, badallar toʻlanganligi dalilini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

 
Shuningdek, endi YaTT uchun tadbirkorlik faoliyati asosiy faoliyat deb hisoblansa, mehnat daftarchasi pensiya boʻlimida emas, balki uning oʻzida saqlanadi. Yashash joyidagi pensiya boʻlimi YaTT faoliyati toʻgʻrisidagi tegishli yozuvlarni mehnat daftarchasiga qayd etadi, хolos. Bu chet elda yollangan holda ishlovchi shaхslarga, dehqon хoʻjaligi a’zolariga va oilaviy tadbirkorlik sub’yekti oila a’zolariga ham taalluqli.  

 
Dehqon хoʻjaligidagi mehnati yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun qoʻshimcha hisoblansa, uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi. Bu holda roʻyхatdan oʻtgan joyidagi pensiya boʻlimi tomonidan uning хohishiga koʻra mehnat daftarchasiga tadbirkor sifatidagi faoliyat davri toʻgʻrisidagi yozuv kiritilishi mumkin. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_