Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ishlab chiqarilganiga 20 yildan oshgan yuk mashinalari Qamchiq dovoni orqali yuk tashishi taqiqlandi

13.04.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 268-son qarori bilan «Qamchiq» dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashish tartibga solindi.

 

Turli davrlarda dovon orqali avtotashuvlarga turlicha cheklovlar amal qilgan. Xususan, Qamchiq dovoni orqali quyidagi muddat davomida foydalanilgan avtomobillarda yuk tashish taqiqlangan edi:

  • 2012 yil 1 oktyabrdan – 25 yil va undan ortiq;
  • 2014 yil 1 iyuldan – 20 yil va undan ortiq;
  • 2016 yil 1 iyuldan – 15 yil va undan ortiq.

 

Bir qator idoralarning taklifiga koʻra 2016 yildan buyon amalda boʻlgan cheklovlar pogʻonasi koʻtarildi. Endi «Qamchiq» dovoni orqali ishlab chiqarilganiga 20 yildan oshgan yuk avtomobillari va avtomobil-tirkamalarda yuk tashish taqiqlanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, yuk mashinasining «yoshi» – cheklov belgilanishi uchun yagona mezon emas. Oʻtgan yildan boshlab oʻq yuklamasi 11,5 tonnadan koʻp boʻlgan avtotransport vositalarida  «Qamchiq» dovoni orqali yuk tashish taqiqlangan, bunda ayrim istisnolar qilingan (batafsil qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.04.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

  

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_