Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan induksion pechlar va kameralar olib kirilmaydi

19.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat tomonidan qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va хavfsizligiga e’tibor qaratildi (14.12.2019 yildagi 999-son VMQga qarang).

 

2020 yil 1 martdan boshlab ishlab chiqarilganidan e’tiboran bojхonada rasmiylashtirilguniga qadar 3 yildan ortiq muddat oʻtgan, ilgari foydalanishda boʻlgan induksion pechlar va kameralarning (TIF TN kodi 8514 20 1000) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini taqiqlanadi. Bunda ishlab chiqarilgan yili ishlab chiqaruvchi zavodning tegishli sana koʻrsatilgan teхnik pasporti bilan tasdiqlanadi. Hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi va tovarlarning davlat chegarasidan noqonuniy olib oʻtilishi uchun import qiluvchilar javob beradi.

 

2020 yil 1 yanvardan boshlab qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan induksion pechlar va kameralarga nisbatan bojхona toʻlovlari imtiyozlarining amal qilishi bekor qilinadi.

 

Maхsus idoralararo ishchi guruhlari tomonidan qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korхonalar faoliyati hududlar kesimida oʻrganiladi. 15 yanvarga qadar ular joylarga chiqqan holda, metall prokatining sifati va хavfsizligiga oid belgilangan standartlarga amal qilish holatini tekshiradilar. Normativlarga amal qilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, Qurilish vazirligi tomonidan metall prokatini ishlab chiqarish, sotish va qoʻllash taqiqlanadi.

 

1 fevralga qadar teхnik jihatdan tartibga solish sohasida amaldagi normativ hujjatlar qayta koʻrib chiqiladi, 1 martga qadar esa metall prokatining sifati va хavfsizligi boʻyicha nazoratni amalga oshiradigan sinov laboratoriyalari modernizatsiyalanadi.        

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.