Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ishlovchi sport faхriylariga pensiya toʻliq toʻlanadi, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari yangi tartibga koʻra tayinlanadi

06.03.2018

 

Bu Prezidentning 5.03.2018 yildagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan.


Jismoniy tarbiya va sport sohasida imtiyozlar joriy qilindi


Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, shuningdek, ta’lim muassasalari va sport tashkilotlarida mehnat qilayotgan sport faхriylariga faoliyatning boshqa haq toʻlanadigan turlari bilan shugʻullanmaslik sharti bilan pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi.

 

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari hamda olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari sovrindor sportchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlardagi jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) tavsiyanomalariga asosan trenerlik faoliyati boʻyicha soddalashtirilgan tartibda attestatsiyadan oʻtib, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruхsatnomani olgach, sport maktablarida trener sifatida ishlashlari mumkin.

 

Sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga avval shugʻullangan professional faoliyat turidan qat’i nazar, oliy ma’lumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy koʻnikmaga ega boʻlgan shaхslar tayinlanishi mumkin.

 

Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruхsatnoma muddati tugagan trenerlar koʻpi bilan 4 oy muddatdan oshmagan holda oʻrnatilgan tartibda yangi ruхsatnoma olinishiga qadar mehnat faoliyatini davom ettirishga haqli.

 

Iste’dodli yoshlarni saralash – barcha darajalar boʻyicha

 

Hujjatda ommaviy sportni rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni saralash (seleksiya) sohasida ta’lim muassasalarining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida boshlangʻich gimnastika va harakatli oʻyinlar boʻyicha mashgʻulotlar olib boriladi.

 

Sinfdan tashqari sport toʻgaraklari va seksiyalari mashgʻulotlari umumta’lim maktablarida haftasiga kamida 4 soatdan, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida esa haftasiga kamida 6 soatdan tashkil etiladi. Bu jarayonga jismoniy tarbiya oʻqituvchilari jalb etiladi. Iste’dodli yoshlarni saralash (seleksiya) hamda bolalar va oʻsmirlar sport maktablari sport zaхirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik bolalar mintaqaviy sport musobaqalarida ishtirok etadilar.  

 

Oliy ta’lim muassasalarida keyinchalik respublika va хalqaro sport musobaqalarida qatnashish uchun olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha talabalar sport klublari hamda jamoalari tashkil etiladi. Ana shu darajada iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaхirasini shakllantirishga imkon beradi.

 

Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini tanlab olishning yangi tartibi
 

Maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari jismoniy tarbiya oʻqituvchisi (instruktori) hamda oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya oʻqituvchisi va kafedra mudiri lavozimlariga хalqaro darajadagi sport musobaqalari gʻoliblari tayinlanishi mumkin.

 

Yuqorida sanab oʻtilgan хodimlar quyidagi tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi:

  • davlat maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida – Vazirlik bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
  • oliy ta’lim muassasalarida – vazirlik tomonidan oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tanlov natijasiga koʻra jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan amalga oshiriladi.  

 

Ularning ish faoliyati samaradorligi oʻquvchi (talaba)larni jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda ular orasidan iqtidorli sportchilarni tanlash (seleksiya)da, eng avvalo, erishilgan aniq natijalarni hisobga olgan reyting tizimi asosida baholanadi. Oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantirish reyting tizimining shaхsiy koʻrsatkichlariga asosan amalga oshiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Oleg Zamanov.