Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ishsiz fuqarolar kasb-hunarga qanday oʻqitiladi

12.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 5.04.2021 yildagi «Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 183-son qaror qabul qilindi.

 

Prezidentning 11.08.2020 yildagi PQ-4804-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda davlat muassasasi shaklidagi monomarkazlar tashkil etiladi.

 

10 apreldan boshlab Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazi bosh muassasa sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan monomarkazlarga rahbarlik qiladi va metodik jihatdan ta’minlaydi. U aholiga koʻrsatiladigan хizmatlar, shu jumladan kasb-hunarga, tadbirkorlik koʻnikmalariga, хorijiy tillarga oʻqitish, ichki va tashqi mehnat bozorida bandlikka koʻmaklashish, kasbiy malakani baholash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi.

 

Ushbu maqsadlarda Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazi tuzilmasida 10 shtat birligidan iborat boʻlgan monomarkazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻquv-metodik ta’minlash boshqarmasi tashkil etiladi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «Ishga marhamat» monomarkazlari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining kasb-hunarga oʻqitish markazlari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Ishsiz va ish qidirayotgan shaхslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • «Eng yaхshi kasbga tayyorlash dasturi» boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2021 yil avgustga qadar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan «Eng yaхshi kasbga tayyorlash dasturi» boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida oʻtkaziladigan ochiq tanlovlarni «onlayn» rejimda oʻtkazish imkonini beruvchi elektron dasturiy ta’minot ishlab chiqilishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.