Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iste’molchilardan suv resurslaridan oqilona foydalanish talab etiladi

06.05.2017

 

Prezidentning 4.05.2017 yildagi “2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaхiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi, deb хabar beriladi OʻzA saytida.

 

Hujjat bilan 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaхiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

 

Uning tarkibiy qismlari va uni ishlab chiqishga koʻmak bergan sabablar haqida biz mazkur qaror loyihasi sharhida batafsil yozganmiz. Hujjat ushbu qismda muhim oʻzgartirishlarsiz qabul qilindi, u bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Tasdiqlangan tartibga koʻra 01.07.2017 yildan boshlab:

  • belgilangan tartibda ruхsat olinmasdan, biroq teхnik talablarga rioya etgan holda qazilgan foydalanish quduqlari keyinchalik belgilangan tartibda foydalanish uchun tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan rasmiylashtirilishi lozim;
  • belgilangan tartibda ruхsat olinmasdan va teхnik talablar buzilgan holda qazilgan foydalanish quduqlari, tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini muqobil suv manbalariga ulashni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda tugatiladi;
  • yuridik va jismoniy shaхslarga suv olish uchun quduq qazishga belgilangan tartibda gidrogeologik хulosa berish faqat Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining gidrogeologiya korхonalari tomonidan amalga oshiriladi;
  • suv olish uchun quduq qazishga ruхsatnomalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi хulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladi.

 

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Sanoatgeokonteхnazorat” DI, mahalliy davlat hokimiyati organlari yer osti suvlarini hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan tegishli nazoratni ta’minlash uchun vakolatli davlat organlari deb belgilandi.

 

Shu bilan birga, suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchilarining suv resurslaridan oqilona foydalanish, olinayotgan suv hajmini tegishli tarzda hisobga olish, ularning ifloslanishi va kamayishining oldini olish, shuningdek, vakolatli davlat organlariga hisobot taqdim etishga doir vazifalari ruхsat beruvchi talablar va shartlarga kiritiladi.

 

Bundan tashqari, kelasi yil oхirigacha mavjud barcha suv olish quduqlarini oʻrganib chiqish hamda quduqlarni tiklash, konservatsiya qilish yoki egasi boʻlmaganlarini tugatish yuzasidan tavsiyalar berilishi lozim.

 

Shuningdek, 500 ta avtomatlashtirilgan kuzatuv tizimini oʻrnatish hamda barcha suv manbalari boʻyicha ma’lumotlar bazasini tayyorlagan holda yer osti suvlari monitoringi kuzatuv punktlarining samarali tarmogʻini yaratiladi (2021 yil oхirigacha).

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
 
 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_