Prezident tomonidan 01.02.2024 yildagi “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-51-son Qaror imzolandi.
2024 yil 1 martdan:
- nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda BHMning 75 baravarigacha, nogironligi boʻlgan yosh bitiruvchisi ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratiladi;
- xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning oʻqish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60%gacha boʻlgan qismi qoplab beriladi;
- ingliz tilini bilish boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish harajatlarini toʻliq qoplab beriladi.
Subsidiya bitiruvchisi IT-xizmatlar eksporti sohasida talab yuqori boʻlgan oʻquv yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olgan hamda IT-park rezidenti maqomiga ega boʻlgan IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga qabul qilingan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratiladi.
Subsidiya olish hamda harajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bepul koʻrsatiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.02.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev



