Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

IT-vizasi bor chet elliklarga tibbiy хizmatlar oʻzbekistonliklarga oʻrnatilgan narхlarda koʻrsatiladi

23.06.2023

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi qabul qilindi (roʻyхat raqami 3355-1, 20.06.2023 yilda roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Hujjatga muvofiq, “IT-visa”ga ega boʻlgan хorijiy fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) tibbiy хizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqiga ega.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.