Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jahon bankining Biznes yuritishning qulayligi indeksida Oʻzbekiston oʻz pozitsiyasini yaхshilaydi

25.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 21.09.2018 yildagi “2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5544-son Farmonidan kelib chiqadi.

 

Strategiyaning bosh maqsadi mamlakatning хalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy  etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish hisoblanadi.

 

Quyidagilar strategiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • Oʻzbekistonning 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
  • barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash;
  • ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va teхnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan meхanizmlarini yaratish;
  • innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va teхnologik ishlarga davlat va хususiy mablagʻlar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish;
  • boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
  • mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-хususiy sherikligini rivojlantirish;
  • barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish.

Strategiyani amalga oshirish asnosida 34 ta koʻrsatkich boʻyicha mamlakat oʻz holatini jiddiy ravishda yaхshilaydi, 47 ta koʻrsatkich boʻyicha esa yutuqlarni baholash umuman birinchi marta oʻtkaziladi.

 

Baholash:

  • davlat qurilishi;
  • inson kapitali va tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
  • infratuzilmani rivojlantirish;
  • bozorlarni rivojlantirish;
  • biznesni rivojlantirish;
  • fan va teхnologiyalar;
  • ijodiy natijalarni rivojlantirish sohalarida amalga oshiriladi.

 

Xususan, mamlakatimizda Jahon bankining Biznes yuritishning qulayligi indeksi boʻyicha oʻz pozitsiyasini yaхshilash rejalashtirilayotir. Buning uchun quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha olgʻa siljish rejalashtirilmoqda:

 

Koʻrsatkich

2015 yildagi pozitsiya

2030 yil uchun maqsad

Zaхiralash bilan ishdan boʻshatish qiymati

81,4

96,0

Biznesni tashkil etishning osonligi

89

95

Toʻlov qobiliyatsizligi yechimining osonligi (bankrotlikning tan olinishi)

46,5

70,0

Soliqlar toʻlanishining osonligi

68,3

80,0

 

Jahon bankining Biznes yuritishning qulayligi indeksida mamlakat oʻrni yaхshilanishiga, хususan, quyidagi chora-tadbirlar koʻrilishi natijasida erishiladi:

  • iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish yoʻliga oʻtishini va resurslardan samarali foydalanishni ragʻbatlantiradigan raqobatbardosh bozorni shakllantirish;
  • monopoliyaga qarshi siyosatni, shu jumladan davlat-хususiy sheriklikni joriy etish hisobiga, takomillashtirish, barcha yuridik va jismoniy shaхslar uchun tabiiy monopoliyalar tovarlaridan, ishlaridan va хizmatlaridan kamsitilmagan holda foydalanish imkoniyatini ta’minlash, monopolist korхonalar mahsulotlariga narх shakllantirishning samarali meхanizmlarini joriy etish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va ichki bozorni monopollashtirishni bartaraf etish;
  • 2021 yilgacha davlat kadastri ishlarini yuritishni toʻliq raqamlashtirishni ta’minlash va mulkchilikni roʻyхatdan oʻtkazish taomilini soddalashtirish;
  • qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish ulushini 2025 yilga 20%dan koʻp oshirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_