Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jamoat transportida brutto-shartnoma tizimi tartibi belgilanmoqda

24.03.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.03.2023 yildagi “Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 116-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, jamoat transportini moliyalashtirishning yangi brutto-shartnoma tizimi joriy etilmoqda.

 

Ma’lumot uchun: brutto-shartnoma tizimi – yoʻnalishlarda cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashish хizmatlari uchun “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma.

 

Yoʻnalishlarni tashuvchilarga biriktirish tender asosida amalga oshiriladi.

 

Vakolatli organ tender oʻtkazilishidan kamida 60 kalendar kun oldin tenderga chiqariladigan yoʻnalishlarni belgilaydi, ularning pasporti va talablarini ishlab chiqadi, yoʻnalishlarning boshlangʻich narхini shakllantiradi hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishadi. 

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoʻnalishlarni tenderga chiqarish jadvallari tasdiqlanishini ta’minlaydiva ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi. 

 

Vakolatli organ va avtomatlashtirilgan transport toʻlov tizimi operatori (ATTO) 10 kun muddatda tender gʻolibi avtobuslarini avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmatiga ulanishi hamda validatorlar oʻrnatilishini bepul ta’minlaydi. 

 

Tashuvchi tomonidan oraliq bekatlarga kelish va ketish vaqtlariga rioya qilinishi, belgilangan harakat intervali va muntazamligi ta’minlanishi, shuningdek, haydovchi va avtobus uchun qoʻyilgan minimal talablar bajarilishi lozim.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.