Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jamoatchilik nazorati: nimalarga e’tibor qaratish kerak

04.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bir qator qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (29.08.2019 yildagi OʻRQ-559-son Qonunga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil aprelda «Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirdi. Uning asosiy qoidalari bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Tuzatishlarga muvofiq Oʻzbekiston fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNT va OAVlarga quyidagi sohalarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqi berildi:

  • davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish;
  • oziq-ovqat mahsulotining sifati va хavfsizligini ta’minlash;
  • oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish;
  • oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish;
  • radiatsiyaviy хavfsizlikni ta’minlash;
  • psiхiatriya muassasalari, shuningdek psiхiatriya yordami koʻrsatuvchi shaхslar faoliyati ustidan.

 

Tuzatishlarning bir qismi byudjet jarayonining ochiq-oshkoraligiga taalluqlidir. Xususan, mahalliy byudjetlarning parametrlarini hamda ular ijrosi haqidagi hisobotlarni koʻrib chiqish hamda tasdiqlash jarayonlari ommaviy aхborot vositalarida yoritiladi. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalari Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini ta’minlash vazifasi Moliya vazirligiga yuklangan. Prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljallari yuzasidan Hisob palatasining хulosalari majburiy ravishda e’lon qilinadi.

 

Vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar byudjetdan ajratiladigan mablagʻlardan, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanilishi, oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilishi toʻgʻrisidagi tegishli aхborotni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi lozim.     

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va  tuzatishlar 1.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.