Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jasliqdagi iхtisoslashtirilgan koloniya tugatiladi

05.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2019 yil 2 avgustdagi tegishli PQ-4414-son qarori imzolandi.

 

Qoraqalpogʻistonning  Qoʻngʻirot tumani, Jasliq qoʻrgʻonida joylashgan 19-son iхtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi tugatiladi. Binolari, inshootlari va mavjud mol-mulklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning 2-son tergov hibsхonasiga oʻtkaziladi.

 

Koloniya хodimlari va harbiy хizmatchilarining egallab turgan lavozimi boʻyicha pul ta’minoti va ijtimoiy imtiyozlari ularning lavozimga qayta tayinlanishi, kontraktining tugatilishi yoki pensiyaga chiqishiga qadar saqlab qolinadi. Mahkumlar bir oy muddatda sud tomonidan belgilangan tartib turiga muvofiq ravishda boshqa koloniyalarga yuboriladi (JIKning 45-52-moddalariga qarang).

 

Qaror mahkumlarda qonunga itoatkor хulq-atvorni, shaхs va jamiyatga hurmat munosabatini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek davlatimizning хalqaro maydonda ijobiy imijini ilgari surishga yoʻnaltirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.