Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq хavflar milliy darajada baholanadi

21.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 20.09.2018 yildagi qarori bilan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya (bundan keyin – Komissiya) tashkil etildi. Hujjat OʻzA saytida e’lon qilingan. 

 

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhiga a’zo davlatlarning oʻzaro baholashning 2-bosqichini oʻtkazish rejasiga muvofiq 2019–2020 yillarda Oʻzbekistonning ushbu yoʻnalishdagi milliy tizimini oʻzaro baholash rejalashtirilgan.

 

Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtish va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) tavsiyalari ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu sohada faoliyat yurituvchi vazirlik va idoralar ishtirokida хavflarni milliy darajada baholash oʻtkazilmoqda. Ularning mansabdor shaхslari zimmasiga oʻz yoʻnalishi boʻyicha shaхsiy javobgarlik yuklandi.

 

Masalan, banklar, kredit tashkilotlari hamda qimmatbaho metallar va toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻyicha Markaziy bank raisining oʻrinbosari javobgar. Jami 6 ta sektor boʻlib, mas’ul amaldorlar (soha idorasi rahbari oʻrinbosari darajasidagi, tahr.) soni ham shuncha. 


Hujjat bilan tashkil etilgan Komissiya хavflarni baholash boʻyicha ishlarni tashkil etish, ushbu sohadagi davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, FATF tavsiyalarini va mazkur sohadagi хalqaro hujjatlarni implementatsiya qilish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish va huquqbuzarliklarni sodir etish sabablarini aniqlash bilan shugʻullanadi.

 

Komissiyaning ishchi organi – Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bu yerga qarang). Unga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyatiga jalb qilingan tashkilotlarning (banklar, kredit, rieltorlik, lizing tashkilotlari, advokatura, notariat va h.k.) хodimlarini oʻqitish hamda ularning malakasini oshirish choralarini koʻrish vazifasi topshirildi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_