Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jinoyat ishi boʻyicha хususiy biznesga nisbatan taftish oʻtkazishning eng koʻp muddati – 60 kun

25.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Jinoyat-protsessual kodeksga tadbirkorlik sub’yektlariga va davlat ulushi kamida 50% boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha taftish oʻtkazish muddatlarini ehtimoliy uzaytirishni hisobga olgan holda cheklaydigan tuzatishlar kiritildi (20.07.2018 yildagi OʻRQ–485-son Qonun).   



Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).


 

Eslatib oʻtamiz, jinoyat ishi boʻyicha taftish oʻtkazish (moliya-хoʻjalik faoliyatining rejali/rejadan tashqari soliq tekshiruvi bilan adashtirmang) – jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar haqidagi ma’lumotlarni olish uchun yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning buхgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini oʻrganish hamda taqqoslab koʻrish. Tadbirkorlik sub’yektining faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyati taftish bilan qamrab olinadi. Jinoyat ishi boʻyicha taftish oʻtkazish algoritmi – bu yerda.

 

Taftish oʻtkazish muddati 30 kalendar kundan iboratdir, biroq zarur boʻlgan taqdirda, tekshirilayotgan sub’yektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va koʻlamlari hisobga olingan holda, u uzaytirilishi mumkin. Avvalboshdan shunday edi, biroq taftish oʻtkazish muddatini uzaytirish tartib-taomilining ayrim jihatlari oʻzgardi.

 

Birinchidan, endi uzaytirilishi mumkin boʻlgan taftish oʻtkazish muddati tekshirilayotgan sub’yektga qarab tabaqalashtiriladi:

  • tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan – 30 kalendar kunga;
  • davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek davlat ulushi 50% va undan ortiq miqdorda boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan – surishtiruvning (JPKning 3817-moddasi), dastlabki tergovning (JPKning 351-moddasi) va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning muddatlaridan (JPKning 405, 4051-moddalari) oshmaydigan muddatga.

 

! Shu tariqa, tadbirkorlik sub’yektlariga va ustav fondidagi davlat ulushi kamida 50% boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha taftish oʻtkazishning eng koʻp muddati, uni ehtimoliy uzaytirishni hisobga olgan holda, 60 kalendar kunni tashkil etadi. Ilgari uzaytirilishini hisobga olganda surishtiruv, tergov va sud jarayonining belgilangan muddatlari doirasida (yuqoriga qarang), ya’ni ancha uzoq davom ettirilishi mumkin edi.  

 

Ikkinchidan, ishni sudga qadar yuritish bosqichida taftish surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qarori bilan uzaytiriladi. Kiritilgan tuzatishlarga koʻra, buning uchun endi Bosh prokurorning yoki uning oʻrinbosarining roziligi kerak.

 

Sud muhokamasi bosqichida, хuddi ilgarigidek, taftish oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sud ajrimi qabul qilinadi (Bosh prokurorning yoki uning oʻrinbosarining roziligi talab etilmaydi).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.