Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jinoyat ishi boʻyicha jarima undirish uchun hujjatlar uch kun muddatda yuboriladi

06.01.2018

 

3.01.2018 yildagi “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasiga tuzatishlar kiritildi.

 

Hukmning jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari mahkumning yashash joyidagi yoхud jazoni oʻtash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga yuboriladi.

 

Mazkur norma aniqlashtirildi.

 

Birinchidan, belgilanishicha, ijro varaqasiga (uning dublikatiga) sud qarorining nusхasi ilova qilinishi kerak.

 

Ikkinchidan, hujjatlarni yuborish muddati belgilandi - sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay.

 

Uchinchidan, koʻrsatilishicha, hujjatlar birinchi instansiya sudi tomonidan yuboriladi.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 5.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Oleg Zamanov.