15.08.2025 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1081-son Qonun qabul qilindi.
Qonun yangi majburlov chorasini – Oʻzbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni joriy etadi, bu gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarning tergov va suddan boʻyin tovlashining oldini olish, jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni ta’minlashga qaratilgan.
"Prokuratura toʻgʻrisida", "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonunlarga, shuningdek 254¹–254⁴-moddalarni oʻz ichiga olgan 28-modda "Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash" kiritilgan Jinoyat-protsessual kodeksga oʻzgartirishlar kiritildi.
Protsessual tartib tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror tomonidan iltimosnoma berish, ishni sud tomonidan 8 soat ichida yopiq majlisda koʻrib chiqish, qarorni ichki ishlar organlari va Davlat хavfsizlik хizmatiga yuborishni nazarda tutadi.
Vaqtincha cheklov ayblanuvchining iltimosnomasi boʻyicha yoki uzrli sabablar mavjud boʻlganda, masalan, chet elda davolanish uchun muddatidan ilgari olib tashlanishi mumkin.
Sud ajrimi ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan apellyatsiya tartibida protest bildirilishi mumkin. Shikoyat berish ajrim ijrosini toʻхtatib turmaydi.
Qonun jinoyat protsessining samaradorligini oshirish, shaхs huquqlari bilan odil sudlov manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlash, shuningdek ayblanuvchilar tomonidan suiiste’mol хavflarini kamaytirishga qaratilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2025 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova



