Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi kamaytirildi

06.01.2018


Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan JShDSning oʻrtacha va eng yuqori stavkalari 0,5 foizga kamaytirildi.

 

Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq solishning 4 darajali shkalasi 2015 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan edi. U oyiga EKIHning 1 baravarigacha daromadlarga “nol” stavka, EKIHning 1 dan 5 baravarigacha daromadlarga -  eng kam stavka, EKIHning 5 dan 10 baravarigacha daromadlarga oʻrtacha stavka va EKIHning 10 baravaridan ortiq daromadlarga eng yuqori stavka oʻrnatilishini koʻzda tutadi.

 

2018 yil uchun soliq solish shkalasiga binoan (29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorga 8-ilova):

  • eng kam stavka ilgarigi darajada qoladi – 7,5 foiz;
  • oʻrtacha stavka 0,5 foizga kamaytirildi – 16,5 foiz;
  • eng yuqori stavka ham 0,5 foizga kamaytirildi – 22,5 foiz.

 

JShDSning mazkur stavkalarining kamaytirilishi oʻrtacha va yuqori darajadagi daromadlarga ega boʻlgan toʻlovchilar uchun soliq yukini pasaytirish imkonini beradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.