Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq oshadi, biroq 20%dan koʻp emas

04.01.2018


29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son Qonun va Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq solinadigan bazasi va stavkalari oʻzgartirildi.

 

2018 yil yanvar oyidan boshlab mazkur soliq fuqarolar koʻchmas mulkining kadastr qiymati asosida hisoblab chiqariladi. Ilgari uning asosida soliq hisoblangan inventarizatsiya qiymati bozor narхlarini aks ettirmaydi. Shuning uchun kadastr qiymatining inventarizatsiya qiymatidan bir necha marotaba yuqori boʻlishi butunlay tabiiy holdir.

 

Mol-mulkka solinadigan soliq fuqarolar hamyoniga zarar keltirmasligi uchun Prezident tomonidan ikkita muhim qaror qabul qilindi:

 

1) jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha stavkalar jiddiy kamaytirildi. Agar belgilash mumkin boʻlgan maksimal stavka 2017 yilda 2,9%ni tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda u 0,35%dan oshmaydi.

 

2) 2018 yilda kadastr qiymati asosida hisoblab chiqarilgan soliq summasi boʻyicha cheklov oʻrnatildi.  U 2017 yildagi soliqdan koʻpi bilan 1,2 marta ortiq boʻlishi mumkin.

 

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda fuqarolar koʻchmas mulkining kadastr qiymatini aniqlash tartibini tasdiqlaydi. Biroq hozirning oʻzida belgilanishicha, u 42 mln soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas. Kadastr qiymati mavjud boʻlmagan taqdirda uning shartli miqdori hisoblash uchun qabul qilinadi:

  • Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – 210 mln. soʻm;
  • boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 90 mln. soʻm.

 

Kadastr organlarida roʻyхatdan oʻtkazilmagan turar joylar egalari mol-mulkka solinadigan soliqni shartli qiymatning ikki karra miqdori hisobidan toʻlaydilar. Ya’ni tegishincha 420 mln. soʻm va 180 mln. soʻm.

 

Jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari esa quyidagi tarzda boʻladi:

 

N

 

Soliq solinadigan ob’yektlarning nomi

 

Soliq stavkasi,

mol-mulkning kadastr

qiymatiga nisbatan %da

 

1

 

Turar joylar, kvartiralar, dala hovli qurilmalari (umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq boʻlganlari bundan mustasno), garajlar va boshqa imoratlar, хonalar va inshootlar

 

0,2

 

2

 

Shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni quyidagicha boʻlgan turar joylar va kvartiralar:

 

 

200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha boʻlgan

 

0,25

 

500 kv.m dan oshiq boʻlgan

 

0,35

 

3

 

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq boʻlgan turar joylar, kvartiralar va dala hovli qurilmalari

 

0,25

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  
 

Samir Latipov.