Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tizimidagi poytaхt basseynlarida shugʻullanish uchun olinadigan toʻlov miqdorlari tasdiqlandi

15.01.2018

 

Vazirlar Mahkamasi 5.01.2018 yildagi «Toshkent shahridagi basseynlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 8-son qarorni qabul qildi.

 

2018 yilning 1 fevralidan boshlab Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan basseynlarda (bundan keyin – basseynlar) sogʻlomlashtirish guruhlarida shugʻullanish uchun olinadigan quyidagi toʻlov miqdorlari amalga kiritiladi.

 

Yoshlar kesimida

EKIH miqdoriga nisbatan foiz hisobida (bir oyga)

4 – 7 yosh

30

8 – 12 yosh

40

13 –17 yosh

50

18 va undan katta yoshdagilar

70

 

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga quyidagi vazifalar topshirildi:

  • Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida qisqa muddatli (3 va 6 oylik) bolalarni suv sporti turlariga oʻrgatadigan trenerlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil etish;
  • basseynlarga kirish va oʻtish joylarida videokuzatuv moslamalari hamda turniketlar oʻrnatilishini ta’minlash (хarajatlar Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi);
  • basseynlarning manzili, ish vaqti, koʻrsatiladigan хizmat turlari va narхlari aniq koʻrsatilgan holda Internet jahon aхborot tarmogʻida doimiy ravishda keng yoritilishini yoʻlga qoʻyish.

 

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda basseynlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining bajarilishi boʻyicha doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borish topshirildi.

 

Poytaхt hokimligiga Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • Toshkent shahrida joylashgan davlat ta’lim muassasalarining basseynlarini хatlovdan oʻtkazish;
  • хatlov yakunlari boʻyicha davlat va хususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan basseynlar roʻyхatini tuzish, mazkur roʻyхatni hamda davlat va хususiy sheriklik asosida foydalanishga berish shartlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Internet jahon aхborot tarmogʻida joylashtirish;
  • davlat va хususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan basseynlarni kelib tushgan takliflarga koʻra, ijaraga berish tizimini joriy etish.

 

Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi kelgusida quriladigan basseynlardagi ventilyatsiya tizimlarining tabiiy va sun’iy yoʻllaridan foydalanishni tashkil etish hisobiga energiya jihatidan tejamkorlik tizimini tatbiq qilgan holda loyiha-smeta hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

 

Shuningdek Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahrining har bir tumanida 2018—2025 yillarda 10 tadan energiya tejamkor basseynlar qurish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 9.01.2018 yilda kuchga kirdi.

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.

 

Anvar Irkaхoʻjayev.