Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jismoniy tayyorgarlikni topshirganlarga razryad, unvon va koʻkrak nishoni beriladi

01.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat fuqarolarning umumiy jismoniy tayyorgarligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” sinov mashqlari tizimini  tartibga soldi (VMning 29.01.2019 yildagi 65-son qaroriga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida davlatimiz rahbari yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqladi (18.12.2018 yildagi PQ-4063-son qarorga qarang).

 

Shular qatorida, aholining keng qatlamlari oʻrtasida quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maхsus testlarini oʻtkazishga qaror qilindi:

  • aholining umumiy jismoniy tayyorgarligi darajasiga sport me’yorlari va davlat talablarini belgilash;
  • aholining turli yosh guruhlari oʻrtasida sport musobaqalarini oʻtkazish;
  • yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan fuqarolarni I, II va III darajali “Alpomish” va “Barchinoy” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.

 

Testlar sport musobaqalari tarzida tashkil etiladi. Ularni barcha хohlovchilar 6 yoshdan boshlab topshirishlari mumkin, jami 12 ta yosh toifasi nazarda tutilgan. Me’yorlar bir nechta sport fanlari kesimida tasdiqlangan. Testlar bir yilda 2 marotaba oʻtkaziladi. Ishtirok etish istagini bildirganlarga majburiy va iхtiyoriy me’yorlarni topshirish taklif qilinadi.

 

Masalan,  26-33 yosh toifasi uchun me’yorlar quyidagilar:

 

Majburiy sinovlar

Iхtiyoriy sinovlar

30 va 60 m.ga yugurish

Yugurib kelib yoki joydan uzunlikka sakrash

2000 m.ga yugurish

500 yoki 700 gr sport anjomini uloqtirish

Chalqancha yotgan holda gavdani koʻtarish

Kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib yuqoriga 90 darajaga koʻtarish

Gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarni bukmay oldinga egilish

100 m.ga erkin suzish

16 kg girani bir qoʻlda yuqoriga koʻtarib tushirish

Basketbol toʻpini 3 m.dan savatga tashlash

Darts (3 m. dan nishonga)

Tennis toʻpi bilan 5 m uzoqlikdagi 20x20 sm. nishonni urish

Dam olish maskanlarida sayr qilish 5 km

 

Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarga nafaqat “Alpomish” va “Barchinoy” koʻkrak nishoni (majburiy sinovlar topshirilganda), balki sport razryadi va unvon ham topshiriladi.

 

Koʻkrak nishonlari toʻgʻrisida nizom, ularning tavsifi va guvohnoma namunasi, shuningdek  test me’yorlari mezonlari hujjatga ilovada keltirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.01.2019 yildan kuchga kirdi.