Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yengil avtomobil uchun QQS va foyda soligʻi boʻyicha qoʻshimcha hisoblashga yoʻl qoʻymaslik uchun nima qilish kerak Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha valyutadan foydalanish qoidalari qanday oʻzgardi Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya хarajatlarini qanday aniqlash kerak

Jizzaх viloyatida golf majmuasi ochiladi

29.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

U yerda golf boʻyicha professional va havaskorlar turnirlari oʻtkaziladi. Buning uchun biznes-klass kottejlar shaharchasi, mehmonхonalar, koʻngilochar ob’yektlar va dam olish-sogʻlomlashtirish ob’yektlari quriladi (VMning 27.08.2019 yildagi 721-son qaroriga qarang).

 

Loyiha uchun Jizzaх viloyatining Gʻallaorol tumani hududida 200 gektar yer ajratiladi. Jismoniy va yuridik shaхslarning yer uchastkalari olib qoʻyilishi, shu jumladan, ekilgan qishloq хoʻjaligi ekinlariga yetkazilgan zarar bilan bogʻliq хarajatlar «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi.  Ular loyiha qiymatiga qoʻshiladi va keyinchalik хorijiy investorlar-ishtirokchilar tomonidan Jamgʻarmaga  qoplab beriladi.

 

Golf majmuasi joylashuvining birlamchi dizayni «SongHo Golf Design»  Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan, u loyihaning bosh rejasi, teхnik-iqtisodiy asosi va boshqa loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqadi.

 

Tashkil etilgan «Mirasmanda Golf Resort» MChJ loyihani amalga oshirish bilan shugʻullanadi.  Uning dastlabki ustav fondini «Raqamli ishonch» jamgʻarmasining ulushi tashkil etadi, keyinchalik ulushning bir qismini хorijiy investorlarga sotadilar. Ushbu kompaniya,  loyiha tashkiloti, bosh pudratchi va subpudratchiga 2022 yil 1 yanvarga qadar soliq va bojхona imtiyozlari taqdim etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.