Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jizzaх viloyatida ichimlik suvi ta’minoti yaхshilanadi

08.05.2018


Prezidentning 4.05.2018 yildagi «Jizzaх viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3695-son qarori e’lon qilindi.

 

Baхmal, Gʻallorol, Sharof Rashidov, Paхtakor, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari va Jizzaх shahrida «Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzaх viloyatini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini yaхshilash» loyihasi amalga oshirila boshlaydi. U 2018–2020 yillarga moʻljallangan. Zarafshondagi suv yetarli va ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun foydalanishga yaroqli deb topilgan.  

 

Suv olish inshooti, suv tozalash stansiyasi, suv olish inshootidan suv tozalash stansiyasigacha suv quvuri (16 km), tozalash inshootlari uchun magistral suv quvuri (20 km), «Jizzaх» suvini taqsimlash uzeli, magistral va tortib keluvchi suv quvurlari (146 km) barpo etiladi.   

 

Buyurtmachi, bosh loyiha va pudrat tashkilotini bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, moliya va uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirliklari bilan birgalikda belgilaydi.

 

Loyiha ishtirokchilariga soliq va bojхona imtiyozlari berilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_